AsosiyJamiyat

Prokuraturada yangi 228 shtat birligi paydo bo`ladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 22 yanvardagi Farmoni bilan tasdiqlangan “Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili” Davlat dasturiga muvofiq, 2018 yil 1 apreldan boshlab Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi tugatiladi.

Undan bo`shagan 228 ta shtat birligi prokuratura organlariga o`tkaziladi.

Eslatib o`tamiz, Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisga Murojaatnomasida kengash faoliyati davr talabiga javob bermay qolganini ta`kidlagan edi.

    Boshqa yangiliklar