AsosiyJamiyat

O`zbekistonda birinchi marta hattotlar festivali o`tkaziladi

'O`zbekistonda birinchi marta hattotlar festivali o`tkaziladi'ning rasmi

Joriy yilning 1-3 fevral kunlari Toshkent shahrida I Respublika hattotlik festivali o`tkaziladi. Bu haqda O`zA ma`lum qildi.

“Hunarmand” uyushmasi tomonidan “Hikmatlar olami” nomi ostida o`tkaziladigan festival hattotlarning ishlarini keng yoyish, ularni xalqimizga keng tanishtirish, ijodlarini qo`llab-quvvatlash, ijodini qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirishga qaratilgan.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoniga muvofiq, hattotlik uslubida tayyorlangan qo`lyozmalar, kitoblar, miniatyura va tasviriy san`at asarlari, risolalar va boshqa hunarmandchilik buyumlari, muqovalash ishlari hunarmandchilik faoliyatining asosiy yo`nalishlari ro`yxatiga kiritildi.

Festival poytaxtdagi Yoshlar ijod saroyida bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar