«O`ztemiryo`lyo`lovchi» aksiyadorlik jamiyati joriy yilning fevral oyidan boshlab bir qator xalqaro yo`nalishlarda qatnaydigan yo`lovchi poezdlari uchun qo`shimcha qatnovlarni yo`lga qo`yadi. Bu haqda «O`zbekiston temir yo`llari» axborot xizmati xabar berdi.
Ta`kidlanishicha, hozirgi kunda Toshkent-Moskva, Toshkent-Ufa va Andijon-Moskva yo`nalishlarida haftada bir marotaba harakatlanayotgan yo`lovchi poezdlar fevral oyidan boshlab haftada 2 marotaba harakatlana boshlaydi.
Toshkent-Volgograd yo`nalishidagi yo`lovchi poezdi esa haftada 3 marotaba qatnovni amalga oshiradi.
«Hurmatli yo`lovchilar chiptalar xarid qilishda muammo yoki ortiqcha ovoragarchilikka duch kelsangiz «O`ztemiryo`lyo`lovchi» aksiyadorlik jamiyati hududiy temir yo`l ma`lumotxonalarining telefon raqamlari yoki +99890 9577874 telegram raqamiga murojaat qiling», - deyiladi xabarda.