AsosiyJamiyat

Qobulda O`zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar sotuvi yo`lga qo`yiladi

'Qobulda O`zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar sotuvi yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidentining katta maslahatchisi Xumoyun Qayumiy boshchiligidagi delegasiya a`zolari “O`zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati bilan uchrashdi, deb xabar qildi Jamiyat matbuot xizmati.

Delegasiya a`zolari Afg`onistonda O`zbekistonda ishlab chiqariladigan GM Uzbekistan, SamAuto hamda JV MAN Auto Uzbekistan avtomobillariga qiziqish yuqoriligi qayd etib, mazkur korxonalar mahsulotlarini tez fursatlarda Qobuldagi O`zbekiston savdo uyida ko`rish istagida ekanligini bildirdi.

Uchrashuvda Afg`oniston Prezidentining MDH mamlakatlari bilan hamkorlik bo`yicha maxsus vakili Muhammad Shokir Korgar, Afg`onistonning O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Sayid Shahobuddin Timuriy, O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari, kompleks rahbari Nodir Otajonov, davlatimiz rahbarining Afg`oniston bo`yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev hamda “O`zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Umidjon Salimov avtomobilsozlikda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`yish bo`yicha o`zaro fikr almashdi.

“O`zavtosanoat” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni Afg`onistonda xarid qilish, sotuvdan keyin xizmat ko`rsatish, kadrlar malakasini oshirish masalalari ham muhokama qilindi.

    Boshqa yangiliklar