AsosiyJamiyat

Jizzaxdagi “oshkora qotillik qissasi”

'Jizzaxdagi “oshkora qotillik qissasi”'ning rasmi

Gabriel Garsia Markesning “Oshkora qotillik qissasi” asarini o`qiganmisiz? Unda aka-uka Pablo va Pedro Vikariolar Santiago Nasarni o`ldirish uchun jazm qiladi. Bu haqida hammaga aytib, kimdir bizni bu jinoyatdan qaytararmikan, deb umid qiladi. Ammo odamlar shunchalik bee`tibor ediki, ularning birortasi aka-ukalarni to`xtatib qolish uchun hech narsa qilmaydi. Natijada mana shunday oshkora qotillik yuz beradi.

O`tgan yil noyabr oyida Baxmal tumanining Qirqqishloq qishlog`ida yuz bergan qotillik ham ana shu qissani yodga soladi. To`yda oddiygina kelishmovchilikdan boshlangan janjal ikki oilani barbod qilgan qotillik bilan yakun topdi. Bunga bazmda ishtirok etgan yuzlab odamlarning befarqligi, loqaydligi sabab bo`ldi. Kimningdir akasi, kimningdir ukasi, kimningdir yaqin do`sti bo`lgan bu yigitlarni vaqtida to`xtatishganda, “menga nima” qabilida ish tutishmaganda, balki, bu to`y azaga aylanmagan bo`lardi.

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i R.Tursunovning O`zA muxbiriga ma`lum qilishicha, shu munosabat bilan kelgusida to`y-tantanalarga ommaviy tadbir sifatida qaralishi yuzasidan ko`rsatma yuborilib, ichki ishlar organlari va keng jamoatchilik vakillari tomonidan to`liq nazoratga olinishi belgilandi.

    Boshqa yangiliklar