AsosiyDunyo

Xitoyda yana bir “Buyuk devor” quriladi

'Xitoyda yana bir “Buyuk devor” quriladi'ning rasmi

Xitoyning Sinszyan-Uyg`ur avtonom tumani hokimiyati yana bir “Buyuk devor” qurilishi haqida ma`lum qildi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Sinszyan joriy yilda xavfsizlik choralarini kuchaytirish maqsadida davlat chegarasida uzunligi 5,7 ming kilometr bo`lgan devor qurishni rejalashtirdi. Bundan tashqari, hudud hokimiyati barqarorlikni ta`minlash maqsadida internet ustidan ham nazorat o`rnatadi.

Mahalliy hukumat yanvar oyida ekstremistik harakatlarga qo`shilib qolgan shaxslarni aniqlash bo`yicha ham bir qancha ishlarni amalga oshirgan edi. SinszyanUyg`ur ma`muriy tumani aholisining aksariyat qismi islom diniga e`tiqod qilgani bois, Xitoyga Pokiston va Afg`onistondan diniy-ekstremistik oqim kayfiyati kirib kelmoqda.

    Boshqa yangiliklar