AsosiyJamiyat

Birinchi Prezidentning 80 yilligiga bag`ishlangan badiiy ko`rgazma o`z ishini boshlaydi

'Birinchi Prezidentning 80 yilligiga bag`ishlangan badiiy ko`rgazma o`z ishini boshlaydi'ning rasmi

Yaqin kunlarda Birinchi Prezidentimizning 80 yilligiga bag`ishlangan “Butun olamni jo qilgan yurak” nomli badiiy ko`rgazma o`z ishini boshlaydi. Mazkur ma`rifiy tadbir Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma`rifiy yodgorlik majmuasi tomonidan Islom Karimov nomidagi Fond bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Ko`rgazma zali Yodgorlik majmuasi hududida – Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo etish maskaniga aylangan Oqsaroy qarorgohida joylashgan. Mazkur maskanda, ta`bir joiz bo`lsa, Birinchi Prezidentimizning ruhi va nafasini his etish mumkin.

Ko`rgazmada butun umrini Vatan xizmatiga baxsh etgan Islom Karimov hayotining turli qirralarini ochib beruvchi portret va fotosuratlar namoyish etiladi.

Ko`rgazma “Butun olamni jo qilgan yurak” deya teran ramziy nom bilan atalgani bejiz emas. Zero, eksponatlar Birinchi Prezidentning ma`naviy-ruhiy olami, insonparvarligi, xalqning orzu-umidlari, istak-xohishlari ro`yobi va yorug` kelajagi yo`lida chekkan zahmatlari, ona xalqiga bo`lgan cheksiz mehr-muhabbati haqida hikoya qiladi. Darhaqiqat, Yurtboshimizning yuragi xalq qayg`usi va sevgisi ila limmo-lim to`lgan edi. Bunday ulug`vorlik esa qalbi koinot qadar keng siymolargagina xosdir.

    Boshqa yangiliklar