AsosiyJamiyat

Qozog`istonda 58ta o`zbekistonlik muzlab borayotgan avtobusdan qutqarildi

'Qozog`istonda 58ta o`zbekistonlik muzlab borayotgan avtobusdan qutqarildi'ning rasmi

Qozog`istonning Pavlodar viloyatida muzlab borayotgan avtobusdan 58 nafar o`zbekistonlik qutqarib qolindi.

Tengrinews.kz nashrining bildirishicha, Toshkentdan Krasnoyarskka ketayotgan avtobus Pavlodar viloyatidagi Shchederti posyolkasi yaqinida ishdan chiqqan.

Qutqarilgan o`zbekistonliklar posyolkadagi isinish punktiga olib borilgan va isitilgan avtobus hamda yo`lovchilar favqulodda holatlar vazirligi xodimlari tomonidan Pavlodargacha kuzatib borilgan.

22 yanvarga o`tar kechasi Petropavlovsk – Sariog`och yo`nalishida Van Hool markali avtobus havo sovuqligidan dizel yonilg`isi muzlab qolishi tufayli yo`lda to`xtab qolgani va undanO`zbekistonning 41 fuqarosi hamda 2 qozog`istonlik haydovchi qutqarib qolingani xabar qilingandi.

18 yanvar kuni Qozog`istonning Aqto`be viloyati Irgiz tumanidan o`tuvchi "Samara-Chimkent" avtomobil yo`lida avtobus yonib ketishi oqibatida 52 o`zbekistonlik nobud bo`ldi

    Boshqa yangiliklar