Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida Birinchi Prezidentimiz, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bag`ishlangan davra suhbati bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA ma`lum qildi.
Davra suhbatida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 25 yanvardagi “O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to`g`risida”gi qaroriga muvofiq “Toshkent” xalqaro aeroportiga Islom Karimov nomi berilganani ta`kidlandi.
Tadbirda Islom Karimov hayoti va faoliyatiga bag`ishlangan hujjatli film namoyish etildi. Birinchi Prezidentimiz bilan birga mehnat qilgan faxriylar mustaqilligimiz asoschisi haqida iliq taassurotlari bilan o`rtoqlashdi.
1992 yil O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov farmoniga binoan “O`zbekiston havo yo`llari” milliy aviakompaniyasi tashkil etilgan edi.
25.01.2018 10:05
Xalqaro aeroportda Birinchi Prezidentimiz bilan birga mehnat qilgan faxriylar u haqdagi xotiralarni yodga oldi
