Elektr energiyasi bilan bog`liq muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, takliflarni o`rganish maqsadida “O`zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati xalq bilan muloqot qilishni yanada osonlashtirdi.
Endi respublikamiz aholisi “Telegram” messenjerida “O`zbekenergo bilan muloqot” kanali orqali murojaatlarni “O`zbekenergo” AJga yo`llashlari mumkin. Yo`llangan murojaatlar shaxsan Jamiyat boshqaruv Raisi nazoratida o`rganib chiqilib, batafsil javob qaytariladi.






