To`rtko`l tumani Bank kollejida O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimov tavalludining 80 yillik yubileyiga bag`ishlangan ma`naviy-marifiy tadbir bo`lib o`tdi. Bu haqda tuman hokimligi “KRuz.uz”ga xabar qildi.
Tadbirda tuman hokimi Xudaybergenov Ne`matulla Matkarimovich, O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi a`zosi Ziyovuddin Mansur kollej o`qituvchilari, talabalar va ota-onalar ishtirok etdilar.
Bu kabi tadbirlar tumandagi barcha ta`lim muassasalarida bo`lib o`tmoqda.
Tadbirlarda she`riyatxonlik, “Eng yaxshi insho”, “Birinchi prezidentimiz asarlari bilimdoni”, “Yosh shoirlar bellashuvi” tanlovlari va qiziqarli tadbirlar o`tkazilmoqda.
Shuningdek bunday tadbir, Ma`naviyat va Ma`rifat markazi Ellikqal`a tuman bo`limi tomonidan Ellikqal`a tibbiyot kollejida ham o`tkazildi.
Tadbirda Ma`naviyat va Ma`rifat markazi tuman bo`limi raxbari A.Matniyazova, kollej direktori A.Qabulov, O`zbekiston Yoshlar Ittifoqi tuman Kengashi raisi o`rinbosari Sh.Sharipovalar ishtirok qildilar. Tadbirda “Mening birinchi Prezidentim” insholar tanlovida g`olib bo`lgan o`quvchilar Ma`naviyat va Ma`rifat Kengashining diplomlari va sovg`alari bilan taqdirlandilar.