AsosiyJamiyat

2018 yilda O`zbekistonda 18 ming gektar erga achchiq qalampir ekiladi

'2018 yilda O`zbekistonda 18 ming gektar erga achchiq qalampir ekiladi'ning rasmi

2018 yilda yurtimizda 18 ming gektarda achchiq qalampir etishtirish mo`ljallanmoqda. O`zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutidan O`zA muxbiriga ma`lum qilishlaricha, har bir gektardan 21 million so`m daromad olish mumkin.

25 yanvardan institut olimlari fermer xo`jaliklari rahbarlari va tomorqa egalarining qalampir etishtirish borasidagi malakasini oshirish maqsadida joylarda o`quvlarni boshlaydi. Birinchi manzil – Qashqadaryo.

Achchiq qalampir suvga talabchan o`simlik, biroq haddan ortiq sug`orilganda undagi achchiqlik xususiyati pasayib ketishi mumkin, deyishmoqda mutaxassislar. O`ziga xos bu o`simlik mevasining ko`kligida ham, qizarganida ham iste`mol qilish mumkin. Achchiq qalampir ko`kligida yig`ib olinsa, hosil miqdori nisbatan ko`proq bo`ladi. Sovuq tushishi arafasida achchiq qalampir poyasi mevasi bilan birgalikda tuproqdan sug`urib olinishi, quritilishi va keyinchalik ishlatilishi mumkin.

Ekish uchun “Marg`ilon-330”, “Pikantny”, “Uchqun”, “Tillarang”, “Mumtoz”, “Said” kabi mahalliy navlar tavsiya etilmoqda. “Marjon” navi tajribalardan yaxshi o`tgani bois joriy yilda Davlat nav sinash komissiyasiga topshirildi.

    Boshqa yangiliklar