AsosiyJamiyat

Endilikda 20 ming nusxadagi she`riy kitobning muallifiga har bir satr uchun 8 ming 610 so`mdan qalam haqi to`lanadi

'Endilikda 20 ming nusxadagi she`riy kitobning muallifiga har bir satr uchun 8 ming 610 so`mdan qalam haqi to`lanadi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 avgustdagi “Madaniyat va san`at tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha xodimlari mehnatini rag`batlantirish bo`yicha qo`shimcha sharoitlar yaratishga doir chora-tadbirlar to`g`risida”gi qaroriga muvofiq kitob mualliflariga qalam haqi 80 foizga oshdi.

Ayniqsa, bolalarga mo`ljallangan asarlar uchun qalam haqi 2,5 barobarga ko`tarilgan.

Ilgari badiiy asarlar uchun 5 koeffisient ko`rsatkichida mualliflarga qalam haqi nashriyotlar tomonidan berilgan bo`lsa, endilikda koeffisient ko`rsatkichi sakkizga oshirildi.

Bu haqda Matbuot va axborot agentligining iqtisodiy tahlil, prognozlashtirish va moliyalashtirish boshqarmasi boshlig`i Jamshid Mirkomilov ma`lum qildi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston matbuot va axborot agentligida O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Intellektual mulk agentligi, etakchi nashriyotlar bosh muharrirlari, iqtisodchilar, nashriyot ishlari hisob-kitobini yurituvchi mutaxassislar, shoirlar, yozuvchilar va OAV vakillari ishtirokida “Ijodkorlar mehnati qadr topmoqda” mavzusidagi Respublika seminari bo`lib o`tmoqda.

    Boshqa yangiliklar