AsosiyJamiyat

2019/2020 o`quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga 11-sinf o`quvchilari qabul qilinadi

'2019/2020 o`quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga 11-sinf o`quvchilari qabul qilinadi'ning rasmi

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Umumiy o`rta, o`rta maxsus va kasb-hunar ta`limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi farmonida keltirilmoqda.

Hujjatga muvofiq, 2018/2019 o`quv yilidan boshlab majburiy umumiy o`rta ta`lim uzluksiz va bepul 11 yillik ta`lim negizida amalga oshiriladi.

2019/2020 o`quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga o`qishga qabul qilish umumiy o`rta ta`lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik asosda, tegishli mutaxassislikka (kasbga) ega bo`lish uchun 6 oydan 2 yilgacha bo`lgan ta`lim muddatlarida amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar