AsosiyDunyo

Qiz tasodifan qoyadan qulab halok bo`lgan odamni suratga oldi

'Qiz tasodifan qoyadan qulab halok bo`lgan odamni suratga oldi'ning rasmi

24 yoshli Anneka Bading Avstraliyaning Makkenzi sharsharasida tasodifan umrining so`nggi lahzalarini yashayotgan yosh yigitning qoyadan suvga qulaganini suratga oldi, deb xabar berdi Segodnya.ua nashri.

Fojia yuz berganda Anneka do`stlari bilan sharshara yonidagi basseynda cho`milayotgan edi. U suratga tushayotganda, sharshara yonidagi qoyada turgan odamlar, ulardan birining suvga qulashi kadrga tushib qoldi.

“Birdan shovqin ko`tarilib, qoyadagi odamlar qo`llarini silkiy boshlashdi. Avvaliga biz hech nimani tushunmadik, ular suvda biror jonzotni ko`rib qolishgan bo`lsa kerak, deb o`yladik. Yonimdagi dugonalarimdan biri qo`limdagi selfi tayoqchasini yulib olib, cho`kayotgan odamga uzatgandan keyin hammasini tushundim”, dedi Anneka.

Sharsharada cho`milayotgan odamlar orasida bo`lgan qutqaruvchi qoyadan yiqilgan yigitni suvdan olib chiqishga harakat qildi, biroq sharshara chuqur va suv bosimi yuqoriligi sababli uning harakatlari natija bermadi.

28 yoshli yigitning jasadi ertasi kuni qutqaruvchilar tomonidan suvdan olib chiqildi.

    Boshqa yangiliklar