AsosiyJamiyat

O`zbekistonda tojik maktablari yopiladimi?

'O`zbekistonda tojik maktablari yopiladimi?'ning rasmi

Bugun turli ommaviy axborot vositalarida “O`zbekiston tojiklari tojik maktablarining yopilishi ehtimolidan tashvishga tushdi” sarlavhasi ostida bir qator maqolalar e`lon qilindi. Unda Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumanidagi ta`lim tojik tilida olib boriladigan maktablar yopilishi mumkinligidan aholi xavotir bildirilganligi aytib o`tilgan.

Xalq ta`limi vazirligi bunday xavotirga o`rin yo`qligini ma`lum qiladi.

Bugungi kunda respublikamizda 245 ta umumta`lim maktabida ta`lim tojik tilida olib borilmoqda. Ulardagi 62 ming nafar o`quvchiga 5 ming 755 nafar o`qituvchi-pedagog tojik tilida ta`lim-tarbiya berib kelmoqda. Bo`stonliq tumanidagi 8 ta umumta`lim maktabida 886 nafar o`quvchiga 138 nafar o`qituvchi tojik tilida ta`lim-tarbiya bermoqda.

O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonunida o`zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o`z ona tilini qo`llashdan iborat konstitusiyaviy huquqlariga monelik qilmasligi belgilab qo`yilgan bo`lib, bugungi kunda respublikamizdagi umumta`lim maktablarida ta`lim 7 tilda olib borilmoqda. Ular davlat ta`lim standartlari asosida chop etilgan 7 tildagi darsliklar bilan to`liq ta`minlangan.

O`zbekistonda ta`lim olish tilini millatidan qat`i nazar, ota-onalar farzandlari bilan tanlash huquqiga egadirlar. Bunday tajriba dunyodagi ko`pgina rivojlangan davlatlarda ham yo`lga qo`yilmagan.

    Boshqa yangiliklar