AsosiyJamiyat

Sinfdoshini qutqarishga uringan 10 yoshli bola cho`kib ketdi

'Sinfdoshini qutqarishga uringan 10 yoshli bola cho`kib ketdi'ning rasmi

Toshkentda Olmazor tumanining Qora-Qamish 2/5 mavzesi hududidan oqib o`tuvchi suv kanalida 10 yoshli bola cho`qib ketdi.

Xabar berilishicha, fojea 21 yanvar kuni Olmazor tumanining Qora-Qamish 2/5 mavzesi hududidan oqib o`tuvchi suv kanalida yuz bergan.

Voqeaga guvoh bo`lganlarning xabar qilishicha, 10 yoshli Abdulla Ro`ziboev va uning sinfdoshi Shohjahon maktabdagi darslardan qaytayotgan vaqtida sodir bo`lgan.

Do`sti suvga tushib ketganini ko`rgan Abdulla o`zini muzdek sovuq suvga tashlagan. Shohjahon mahalliy aholi tomonidan qutqarib qolingan, biroq Abdulla cho`kib ketgan.

"Birinchi suvga tushib ketgan bola shu erda bo`lgan odamlar tomonidan grablyalar yordamida qutqarib qolingan. Lekin boshqa bolani kuchli suv oqimi olib ketdi. FVV xodimlari voqea joyiga o`z vaqtida etib borishgan. O`tkazilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida cho`kib ketgan bolaning jasadi topilgan", — deb ma`lum qilishdi FVV matbuot xizmatida.

    Boshqa yangiliklar