AsosiyDunyo

Aqto`beda yonib ketgan avtobus haydovchilari hibsga olindi

'Aqto`beda yonib ketgan avtobus haydovchilari hibsga olindi'ning rasmi

Joriy yilning 18 yanvar kuni Aqto`be viloyatida yong`in oqibatida 52 kishining o`limiga sababchi bo`lgan avtobus haydovchilari hibsga olindi va Vaqtinchalik Saqlash izolyatoriga joylashtirildi. Bu haqda 25 yanvar kuni Aqto`be viloyat prokuraturasi tomonidan tarqatilgan matbuot xabarida ma`lum qilindi.

Prokuratura ma`lumotlariga qaraganda, tergov davomida yong`in haydovchilar tomonidan avtotransport vositasi boshqaruvida ekspluatasiya qoidalari va yong`in xavfsizligi qoidalari buzilgani oqibatida kelib chiqqani ma`lum bo`ldi, avtobus salonida kavshar lampa qo`llanilgan.

Uch nafar haydovchi ustidan Qozog`iston Jinoyat Kodeksining 345 moddasi 4 qismi (yo`l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish) bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o`tamiz, ichida 57 kishi bo`lgan avtobus Samara-Chimkent yo`lida yonib ketgan. Yong`in avtobus harakatlanayotgan vaqtda yuz bergan. Falokat oqibatida 52 kishi halok bo`lgan, 5 kishi omon qolishga muvaffaq bo`lgan.

Boshqa yangiliklar