AsosiyJamiyat

"Afrosiyob" shamoliga uchib ketgan erkakning o`ng oyog`i sindi

'"Afrosiyob" shamoliga uchib ketgan erkakning o`ng oyog`i sindi  'ning rasmi

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida "Afrosiyob" shamoliga uchib ketgan erkakning o`ng oyog`i sindi, deb xabar qildi O`zbekiston IIV matbuot-xizmati.

Xabarga aytilishicha, 24 yanvar kuni soat 19:00larda Oqoltin tumanida yashovchi, 59 yashar erkak mast holda "N.Zokirov" ko`chasidan o`tuvchi 7-piket 3485-km.da temir yo`lni belgilanmagan joyidan kesib o`tayotgan vaqtida 761-sonli "Buxoro-Toshkent" yo`nalishida qatnovchi "Afrosiyob" tezyurar yo`lovchi poezdining shamoliga uchib ketgan. Fuqaro shu erda to`xtab turgan yuk poezd vagoniga urilib jarohat olib "o`ng oyoq son suyagining o`rta uchligidan ochiq sinish" tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Ta`kidlanishicha, ayni vaqtda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



    Boshqa yangiliklar