O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ulug`bek Rahmatullaev yangi qo`shig`i “Qizim”ga klip suratga oldi...
Klipmeyker Yodgor Nosirov bilan hamkorlikda suratga olinayotgan video ketma-ketlik real vaqealarga asoslangan bo`lib, unda xonandaning o`zi ilk bor, bosh qahramon rolini ijro etdi. Uning turmush o`rtog`i rolini esa raqqosa Shodiyora Omonova gavdalantirgan.
Ijodkorlar 4 daqiqalik klip davomida 26 yillik hayotni ko`rsatib berishgan. Tabiiyki, aktyorlarning yoshi va tashqi ko`rinishi ham yillarga mos tarzda grim yordamida o`zgartirildi.
Ulug`bek Rahmatullaev klipning tasvirga olish jarayonida 30-35 yil "qaridi".
Ma`lumot o`rnida: “Qizim” qo`shig`ining musiqasi va she`ri Alisher Tayirga tegishli. Musiqiy bezak muallifi Jasur Badalbaev.