AsosiyJamiyat

Buxoroda qimor o`ynaydiganlar guruhiga chek qo`yildi

Buxoro viloyati IIBning ma`lum qilishicha, “qimorxona” tashkil etgan bir guruh shaxslarni qo`lga olingan hamda ularning noqonuniy xarakatlariga chek qo`yilgan.

Buxoro shahar Afrosiyob ko`chasida, sobiq Jondor avtoturargohi oldida joylashgan raqamsiz uyda, 1979 yilda Buxoro shahrida tug`ilgan, Buxoro shahrida yashovchi fuqaro Amonov Amon Farmonovich tavakkalchilikka asoslangan qimor o`yinini tashkil qilib, mazkur xonaga qimor o`ynash uchun o`zining tanishlarini jalb qilgan.

IIB tomonidan o`tkazilgan tadbirda, 1971 yilda Vobkent tumanida tug`ilgan, muqaddam giyohvandlik bilan bog`liq bo`lgan jinoyatni sodir etganligi uchun sudlangan, Vobkent tumani, Xargo`sh MFYda yashovchi Hasanov Umarjon Sayfullaevich hamda 1974 yilda Buxoro shahrida tug`ilgan, muqaddam sudlangan, Buxoro shahar Kunjiqal`a ko`chasi, 12-xonadonda yashovchi Davlatov Bobir Ravshan o`g`li mazkur xonadonga qimor o`ynash uchun kelganligi aniqlangan.

Shuningdek, Andijon viloyatida yashovchi fuqarolar, 1992 yilda tug`ilgan, Andijon viloyati, Oltinko`l tumani, Oxunboboev MFYda yashovchi Axmedov Davronbek Madiyor o`g`li va 1991 yilda tug`ilgan, Andijon viloyati, Oltinko`l tumani, Saroy 2 MFYda yashovchi Hamroev Bekzod Boburjon o`g`lilarni chaqirib qimor o`ynayotgan vaqtlarida hududiy profilaktika inspektori va tezkor xodimlar tomonidan ushlanganlar.

Ulardan daliliy ashyo sifatida 2 pachka karta, 2 million so`mga yaqin pullar va 150 AQSh dollari tegishli tartibda xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.

Yuqorida nomlari qayd etilgan fuqarolarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy Javobgarlik to`g`risidagi Kodeksining 191-moddasi 1-qismi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilinishi uchun sud organlariga taqdim qilingan.

    Boshqa yangiliklar