AsosiyJamiyat

O`zbekistonda sog`likka zarar etkazuvchi bosh kiyim sotilayotgani aniqlandi

'O`zbekistonda sog`likka zarar etkazuvchi bosh kiyim sotilayotgani aniqlandi'ning rasmi

“O`zstandart” agentligi, Toshkent shahrida joylashgan “O`rikzor” bozorida sotilayotgan bolalar o`yinchoqlarini belgilangan talablarga nomuvofiqligini hamda mahsulotlarning sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi muvofiqlik sertifikati va sanitar-epidemologik xulosalarisiz sotilayotganligini aniqlagan edi.

Afsuski, bunday mahsulotlar sirasiga kiruvchi bolalar kiyimi ham borligi “O`zstandart” agentligi tomonidan ma`lum qilindi.

Jumladan, nomi noma`lum V`etnamda ishlab chiqarilgan IKKS savdo belgisi ostida sotilayotgan bolalar bosh kiyimi ham bolalar sog`ligi uchun juda zararli ekan.

Rasmda keltirilgan bolalar bosh kiyimidan foydalanish natijasida pomponlar uzilib ketishi mumkinligi va natijada, bolani og`ziga tushib nafas yo`llarini to`sib qo`yishiga olib kelishi ta`kidlangan.

To`q siyoh rangli trikotaj bosh kiyim, sunniy mo`ynadan to`qilgan o`ramalar va pomponlari bo`lgan bu bosh kiyimidan bolalaringizni ehtiyot qilishingiz zarur.

    Boshqa yangiliklar