AsosiyJamiyat

Toshkentda 26 fuqaroga O`zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportlari topshirildi

'Toshkentda 26 fuqaroga O`zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportlari topshirildi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimligida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev farmoni bilan O`zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan yurtdoshlarimizga fuqarolik pasportlarini topshirish marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA xabar qildi.

2016 yil dekabr oyidan buyon Toshkent shahrida yashayotgan yurtdoshlarimizdan 400 nafarga yaqini O`zbekiston fuqarosi bo`ldi.

Mashhura Parmanqulova Qozog`istonning Turkiston shahrida tug`ilgan. Toshkentga kelin bo`lib tushgan. O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G`aznachiligida mutaxassis bo`lib ishlaydi.

– Ota-onam bilan Toshkentga tez-tez kelib turardik. Toshkentning so`lim bog`larini, xiyobonlarni kezish, metroda sayr qilish, mehmondo`st odamlar bilan suhbatlashish menga olam-olam zavq bag`ishlardi, – deydi M.Parmanqulova. – Xudoga shukr, ahil oilam, farzandlarim bor. O`zbekistonda baxtiyor yashayapmiz. Bugun yanada baxtliman. O`zbekiston fuqaroligiga qabul qilindim. Ko`nglimdagi kemtik to`ldi. Buning uchun Prezidentimizga ming rahmat.

O`zbekiston Respublikasining “O`zbekiston Respublikasining fuqaroligi to`g`risida”gi qonuni kuchga kirgan vaqtda taqdir taqozosi bilan mamlakat tashqarisida bo`lgan yurtdoshlarimiz, shuningdek, boshqa mamlakatlarda tug`ilib, taqdirini O`zbekiston bilan bog`lagan, shu aziz Vatanimiz taraqqiy etishi va gullab-yashnashi uchun munosib hissa qo`shib kelayotgan shaxslarga mamlakatimiz fuqaroligi berilishi ular hayotini yangi mazmun bilan boyitib, quvonchga to`ldirdi.

Bugun O`zbekiston fuqarosi, degan sharafga ega bo`lgan yurtdoshlarimiz dilida bir tilak: Yurtboshimiz omon, xalqimiz turmushi farovonligi yo`lida amalga oshirilayotgan ishlarimiz bardavom, barakali bo`lsin.

    Boshqa yangiliklar