AsosiyJamiyat

Fototanqid: Arnasoyda gaz bosimi pastligidan 100 dan ziyod xonadon qiynalmoqda

'Fototanqid: Arnasoyda gaz bosimi pastligidan 100 dan ziyod xonadon qiynalmoqda'ning rasmi

Bu yil qish odatdagidan iliq o`tmoqda. Ammo Jizzax viloyatining Arnasoy tumani G`oliblar shaharchasi aholisi uchun shu ham qiyinchilik tug`dirmoqda. Tabiiy gaz bosimi pastligi tufayli bu erda 100 ga yaqin xonadon egalari turli qo`lbola istitish vositalaridan foydalanishga majbur bo`layotir, deb yozadi O`zA.

1 (1).jpg


― Qish boshlagandan buyon shu ahvol, - deydi Bobur nomidagi mahalla fuqarolar yig`inining Keldiyor Bozorov ko`chasi 10-uy 1-xonadonda yashovchi O`rol Ergashev. ― Ko`pchilik mana shu usulda yasama pechka o`rnatgan. Ayniqsa, yosh bolali oilalarga qiyin. Prezidentimiz odamlarning turmush sharoitini yaxshilash borasida tinimsiz ishlayotgan bir paytda tumanimiz rahbarlari bu ahvolga nega e`tiborsiz qarayotgani bizni ajablantiradi. Vaholanki, bu borada tegishli tashkilotlarga bir necha bor murojaat qilindi. Lekin hamon javob yo`q.


2.jpg


3 (1).jpg

Xonadonlarning ko`pchiligida shu ahvol. Uylar zax tortib, xavfsizlikka mutlaqo javob bermaydigan qo`lbola elektr isitgichlar o`rnatilgan.


4 (1).jpg


― Gaz bosimi pastligidan barcha qo`shnilarimiz elektr pechlaridan foylanishi natijasida ayniqsa, kechqurun chiroq xiralashib qoladi, - deydi G`oliblar shaharchasi Mirzo Ulug`bek ko`chasi 12/2-xonadonda yashovchi Pirimqul Xushnazarov. ― Murojaat qilmagan joyimiz qolmadi. Buning ustiga bizni qarzdor qilib qo`yishgan. Natijada fuqarolik sudiga murojaat qildim. Sudga qarzdorligim yuqori emasligini isbot qilishim uchun qatnashning o`ziga ozmuncha pulim ketmadi.


5.jpg

6 (1).jpg


Gulbahor shaharchasi Sh. Rashidov ko`chasida yashovchi O`rozboy Hasanov:
―Kuzda Respublika ishchi guruhi ahvol bilan tanishib, tuman rahbarlariga gaz to`liq etib bormagan xonadonlarni ko`mir bilan ta`minlash vazifasini topshirgan edi. Ammo ajratilgan ko`mir briketi sifatsiz, umuman issiqlik bermaydi. Namligi yuqori bo`lgani bois maydalanib ketayotir.

7 (1).jpg


―Uyni istish u yoqda tursin, bu gazda choy ham qaynamaydi, - deydi 19-uyning 1-xonadonida yashovchi Turkmon Balqiev. ― Arz qilmagan idoramiz qolmadi, ammo natija yo`q. Gaz bosimi pastligidan tashqari orada o`chib ham turadi. 2-tumanlararo gaz ta`minoti uchastkasi Arnasoy bo`limiga bir necha murojaatimizdan so`ng bo`lim ustasi Nurtosh Ashurov imzosi bilan “gaz bosimi yo`q, istagan joyingizga shikoyat qilaveringlar”, degan javob oldik.

8.jpg


Ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida 2-tumanlararo gaz ta`minoti uchastkasi Arnasoy bo`limi ustasi Nurtosh Ashurovga uchrashmoqchi bo`ldik. Lekin uni topolmadik. Hatto telefonini o`chirib qo`ydi, savollarimizga javob berishni istamadi.


“Arnasoytumangaz” bo`limida esa chilangar Sobit Solievdan boshqa hech kimni uchratolmadik. S.Soliev tumanda 112 xonadon tabiiy gaz bosimi pastligidan qiynalayotganini aytdi, xolos.

    Boshqa yangiliklar