2017 yilda mobil aloqa abonentlari soni 1,4 millionga oshib, 22,8 million kishini tashkil etdi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi saytidagi statistik ma`lumotlari guvohlik bermoqda.
Respublika bo`yicha bazaviy stansiyalar 2018 yil yanvarida 22,2 ming donani tashkil etib, 2017 yilning xuddi shu oyiga nisbatan qariyb 4000 taga ko`paygan.
Internet foydalanuvchilari soni 2017 yilda qariyb uchdan bir qismga ko`payib, 20 millionlik ko`rsatkichga etdi.
Internetga ulanish tezligi 2017 yil boshiga nisbatan keskin oshib, 65,7 ming Mbit/s dan 104 ming Mbit/s ga etdi.
Provayderlar uchun tashqi internet kanaliga ulanish narxlari qariyb 2,5 barobarga pasaytirilib, o`tgan yil boshidagi 76,6 dollardan 30,2 dollarga tushirildi.
2017 yilda optik tolali aloqa liniyalari 2000 km dan ziyodroqqa uzaytirildi.