AsosiyJamiyat

“Urganch—Buxoro” yo`nalishi bo`yicha aviaqatnov yo`lga qo`yilmoqda

'“Urganch—Buxoro” yo`nalishi bo`yicha aviaqatnov yo`lga qo`yilmoqda'ning rasmi

“O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi tomonidan yo`lovchi tashishi, sayyohlarga qulaylik yaratish, ichik turizmni rivojlantirish maqsadida joriy yilning mart oyidan boshlab “Urganch—Buxoro” yo`nalishi bo`yicha aviaqatnov yo`lga qo`yiladi, deb xabar qildi "Xalq so`zi" nashri.

Parvozlar haftaning dushanba, seshanba, payshanba hamda yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Yo`nalish avtomatlashtirilgan bronlash tizimiga kiritilgan.

May oyidan e`tiboran esa “Toshkent—Barselona—Toshkent” yo`nalishi bo`yicha Ispaniyaga muntazam qatnov boshlanadi. Mazkur yo`nalish xizmatlaridan yo`lovchilar haftaning payshanba kunlari zamonaviy “Boeing” samolyotlari orqali foydalanishlari mumkin.

Bunday loyihalar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.

    Boshqa yangiliklar