AsosiyDunyo

Tojikistonda juftiga xiyonat qilishni qonun tomonidan jazolash muhokama etilmoqda

Tojikiston bosh prokurori Yusuf Rahmon juftiga xiyonat qilgan odamni jinoiy jazolash haqidagi taklifni o`rganmoqda, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

25 yanvar kuni o`tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlardan biri mazkur masalani ko`rib chiqishni taklif qildi. Uning so`zlariga qaraganda, so`nggi bir necha oy mobaynida Tojikistonda er-xotinning bir-birini rashk qilishi oqibatida ko`plab qotillik jinoyatlari sodir etilgan. Bosh prokuror jurnalistning taklifini ko`rib chiqishini ma`lum qilgan.

2017 yilning oktyabr oyida tojikistonlik erkak 40 yoshli rafiqasining 19 ta joyiga pichoq urib o`ldirgan. Mazkur qotillikdan ikki hafta ilgari Panjakentda yashovchi 45 yoshli erkak rashk tufayli 43 yoshli rafiqasini bo`g`ib o`ldirgan.

    Boshqa yangiliklar