Avstraliyaning Adelaida shahriga yaqin dengiz sohilida baliqchilar katta oq nahangni tasodifan jalb qilishdi, deb xabar bermoqda Lenta.ru nashri.
Uch do`st tovonbaliq tutish uchun qayiqda dengizga tushadi. Ular qirg`oqdan olti kilometr uzoqlikka suzib ketib, suvga arpa sochishadi. Ajablanarlisi, xo`rak tovonbaliqlarni emas, nahanglarning e`tiborini tortdi.
Baliqchilar yirtqich baliqlarning uzunligi olti metr uzunlikda, ya`ni qayiq uzunligi bilan tengligini aytishdi. To`qnashuv xayrli yakun topdi, nahanglar hujum qilmadi.
Katta oq nahang dunyodagi eng yirik yirtqich baliqlardan biridir. Bu turning o`rtacha vakillari 4,6–4,8 metrgacha o`sadi. 6 metr uzunlikdagilari juda kam. Odamlar uchun eng xavfli nahang turi hisoblanadi.






