AsosiyDunyo

Hindistonlik qizcha lampochka yutib yuborgan

'Hindistonlik qizcha lampochka yutib yuborgan'ning rasmi

Hindistonlik qizcha o`pkasiga tushib qolgan svetodiodlardan aziyat chekdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Bu voqea Hindistonning janubi-g`arbidagi Chiplan shahrida yuz berdi. Qizaloq Ariba Xonning issig`i ko`tarilib, tinimsiz yo`talaverdi. Tashvishga tushgan ota qizini kasalxonaga olib boradi. Vrachlar gap nimadaligini tushunmay, qizaloqni rentganga yuborishadi. Ma`lum bo`lishicha, qizchaning o`ng bronxlarida uzunligi ikki yarim santimetr blgan svetodiod bor ekan. Jarrohlik qisqichi yordamida shisha olib tashlandi.

Qizchaning ota-onasi qizaloq o`yinchoq smartfonni o`ynayotib tasodifan svetodiodni yutib yuborgan deb taxmin qilishmoqda.

    Boshqa yangiliklar