AsosiyDunyo

Olimlar bosh chanog`i asosida bundan 9 ming yil ilgari yashab o`tgan qizning siymosini yaratishdi

'Olimlar bosh chanog`i asosida bundan 9 ming yil ilgari yashab o`tgan qizning siymosini yaratishdi'ning rasmi

Afina universiteti olimlari bundan 9 ming yil ilgari yashab o`tgan qizning siymosini yaratishdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Qizning tashqi qiyofasini yaratishda endokrinolog, ortoped, nevropatolog, patologoanatom va rentgenologlar ishtirok etishdi. Qizning bosh chanog`i matematik algoritmlardan, 3D-printeridan foydalanilgan holda kompyuter tomografiyasi asosida yaratildi.

Tekshiruvlar natijasida olimlar qizning yuz va jag` suyaklari yirik bo`lganligini aniqlashdi. Teri va ko`z rangi mazkur hududda yashagan odamlarning umumiy tavsifidan kelib chiqib yaratildi. Tishlariga qarab, qiz 18 yoshda bo`lganligi ma`lum bo`ldi. O`lim tafsilotini aniqlashning iloji bo`lmadi.

Qizga Avgi (grek tilida) — “Tong” degan ism berildi. Avgining bosh chanog`i 1993 yilda markaziy Gresiyaning Teopetra g`oridan topilgan edi.

    Boshqa yangiliklar