AsosiyDunyo

Britaniyada ayol polisiyachilar yig`lab, ko`ngil bo`shatishlari uchun alohida xona ajratildi

'Britaniyada ayol polisiyachilar yig`lab, ko`ngil bo`shatishlari uchun alohida xona ajratildi'ning rasmi

Buyuk Britaniyaning Nottingemshir grafligida ayol polisiyachilar uchun ish paytida yig`lab, ko`nglini bo`shatishlari uchun alohida xona ajratildi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Polisiyachi ayollar ish vaqtida tanaffusga chiqib, mayin shamol beruvchi ventilyatorlar qo`yilgan xonada dam olishlari, his-tuyg`ulariga erk berishlari uchun alohida xona ajratildi. Yangi qonun-qoidaga ko`ra, ular xizmat kiyimlarini oddiy liboslarga almashtirishlari ham mumkin.

Mazkur xonalarda ular hordiq chiqarishlari, o`zaro “g`iybat” qilishlari, kezi kelsa yig`lashlari uchun ham barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Nottingemshir polisiyasi o`rta yoshli ayollar organizmida sodir bo`ladigan turli o`zgarishlarni hisobga olgan holda bunday xonalar tashkil etishga qaror qilishdi.

Ammo bunday siyosat ba`zi bir odamlarning ensasini qotirdi. Ular o`rta yoshli polisiyachi ayollar o`zlarini qo`lga olib, his-tuyg`ularini jilovlay olishlari lozim, deb hisoblashdi. Konservatorlar parlamenti deputati Devid Devis (David Davis) esa “har kuni o`ta shafqatsiz holatlarga duch keluvchi ofiser ayollar uchun bu narsa haqoratli tuyulishi mumkin”, deb fikr bildirdi.

    Boshqa yangiliklar