Ayni paytda Argentinada qaynoq yoz hukm surmoqda, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Karnavalga yig`ilgan raqqos va raqqosalar esa uni yanada qaynoqroq bo`lishiga sabab bo`lmoqda. Mazkur karnaval miqyosi jihatdan Braziliya karnavalidan qolishmaydi va dunyoning eng uzoq vaqt — 2 oy davom etadigan karnavali hisoblanadi.
Samba maktabi musobaqasi festivalning eng asosiy voqeasi hisoblanadi. Bunday go`zal manzarani tomosha qilish uchun Er yuzining barcha qit`alaridan sayyohlar tashrif buyuradi.
Festivalning norasmiy musobaqa shousida har biri 300 nafar ishtirokchidan iborat bo`lgan 3 ta guruh qatnashadi. Shartga ko`ra, ularning liboslari bitta mavzuga tegishli bo`lishi lozim. Bu erda nafaqat chiroyli liboslar, balki ishtirokchilarning raqqoslik mahoratlari ham hisobga olingan holda baholanadi.






