Fransiya poytaxti ayni kunlarda Venesiyani yodga soladi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Uzoq davom etgan yog`ingarchilikdan keyin Sena daryosi qirg`oqlaridan toshib, shaharni suv bosdi.
Bugun shaharning ba`zi tumanlarida suv sathi me`yordagidan 6 metrga ko`tarildi. Qirg`oq bo`yidagi binolarni suv bosdi, poezdlar harakati to`xtatildi, ko`chada faqatgina qutqaruv qayiqlari suzib yuribdi.
Parij polisiyasining rahbari 1,5 mingga yaqin aholi suv toshqini tufayli uylarini tark etishlari lozimligini ma`lum qildi. Muzeylardagi qimmatbaho kolleksiyalarni qutqarish ishlari boshlab yuborildi. Luvr muzeyining pastki galereyalari yopib qo`yildi.






