AsosiyJamiyat

Jizzax aviasiya bilim yurti Qashqadaryoga ko`chiriladi

'Jizzax aviasiya bilim yurti Qashqadaryoga ko`chiriladi'ning rasmi

Jizzax oliy harbiy aviasiya bilim yurti Qashqadaryoga ko`chiriladi, deya xabar bergan «O`zbekiston 24» telekanalining «Axborot 24» dasturi.

1994 yilda asos solingan bilim yurtining ko`chirilishi to`g`risida O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev dushanba kuni Qarshining Xonobod aerodromida harbiy uchuvchilar bilan suhbati jarayonida ma`lum qilgan, deb yozmoqda Gazeta.uz.

«Bizning bitta yagona vazifamiz — odamlarning, xalqning ertangi kunga ishonchini oshirish va biz o`z yo`limizdan qaytmaymiz. Mana shu yo`nalishda har kuni, har soatda ishlashda davom etamiz», — deya prezident so`zlaridan iqtibos keltirilgan teledasturda.

    Boshqa yangiliklar