AsosiyDunyo

Ukrainalik yozuvchi Pushkin va Bulgakovni plagiatda aybladi

Ukrainalik yozuvchi Yuriy Vinnichuk rus adabiyotining klassiklari Aleksandr Pushkin va Mixail Bulgakovni plagiatda aybladi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Vinnuchikning ta`kidlashicha, jahon adabiyotini yaxshi bilgan odam “Usta va Margarita” romanining ko`chirilganini osongina aytib bera oladi.

“Nima uchun fransuzlar Bulgakovdan hayratlanishlari kerak? U Moskva shahrida 1927 yilda chop etilgan Per Mak-Orlanning “Tungi Margarita” romanining ko`chirilgan nusxasidir. Uning bosh qahramonlari shaytonga qalbini sotib, yosh yigitga aylangan Georg Faust va mallasoch go`zal Margaritalardir. Amerikaliklar Bulgakovni o`qisa, darrov Mark Tvenning “Sirli notanish” asarini eslashlari tabiiy holdir.

Yozuvchining fikricha, fransuzlar Aleksandr Pushkin fransuz poeziyasidan ko`chirmakashlik qilgani uchun ham uning ijodini qabul qilishmas ekan.

    Boshqa yangiliklar