Fuqarolar diniy erkinligi avvalgidek saqlanib qoladi, coqol qo`yib yurish, hijobda yurish mumkin bo`ladi, deb yozdi Sputnik uz nashri.
Qozog`istonda soqollar ko`rinishini va yuzni yopib turuvchi niqoblar turini belgilovchi yangi qonun qabul qilinishi mumkin. Bu haqida Qozog`iston Diniy ishlar vaziri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, faqat ayrim turdagi, aynan buzg`unchi diniy oqimlarga xos soqol turlari taqiqlanadi. Yangi qonunda soqollarning umumiy ko`rinishi ham belgilab qo`yilishi mumkin. Shu bilan birga soqol egasining xulq atvori va nimalar haqida gapirayotganiga ham e`tibor beriladi, dedi Qozog`iston Diniy ishlar vaziri Nurlan Ermekbaev.
Yangi qonunda shuningdek yuzni to`sib turuvchi har qanday niqoblar ham taqiqlanishi mumkin. Bular niqob, paranji, ro`mol, balaklava va boshqa insonning aynan yuz qismini to`sib turuvchi narsalardir.
Vazirning ta`kidlashicha, fuqarolar erkinligini hech kim cheklamoqchi emas. Qozog`istonda diniy erkinlik avvalgidek saqlanib qoladi. Soqol qo`yish, hijobda yurish mumkin bo`ladi.