Vazirlar Mahkamasining Arxitektura va qurilish sohasidagi oliy ta`lim muassasalarida sirtqi (maxsus sirtqi) ta`limni tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risidagi qarori qabul qilindi, deya xabar berdi O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Telegramdagi "Huquqiy axborot" kanali.
Qarorga asosan 2018/2019 o`quv yilidan boshlab Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti va Namangan muhandislik- qurilish institutida sirtqi (maxsus sirtqi) ta`lim tashkil etiladi.
Maxsus sirtqi ta`lim shakliga arxitektura va qurilish sohasidagi yoki turdosh ta`lim yo`nalishi bo`yicha o`rta maxsus, kasb-hunar ma`lumotiga va ta`lim yo`nalishiga muvofiq soha, kasb, lavozimlarda kamida uch yillik amaliy ish stajiga ega bo`lgan, Davarxitekturqurilish qo`mitasi tomonidan tavsiyanoma berilgan hamda test sinovlari va (yoki) kasbiy (ijodiy) imtihondan muvaffaqiyatli o`tgan abiturientlar hisobidan amalga oshirilib, o`qish to`lov-kontrakt asosida tashkil etiladi.