AsosiyJamiyat

2018 yildan O`zbekiston telefon raqamlarining 9 belgili tizimiga o`tadi

'2018 yildan O`zbekiston telefon raqamlarining 9 belgili tizimiga o`tadi'ning rasmi

Bunday tizimga o`tish to`g`risida qaror Xalqaro elektr aloqa uyushmasining tavsiyalari hamda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarni rivojlantirish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan "O`zbekiston telekommunikasiya tarmoqlari raqamlari tizimi va rejasi" talablariga muvofiq qabul qilingan. Bu haqda "O`ztelekom" kompaniyasi matbuot xizmati o`zining Facebook'dagi sahifasida xabar qildi.

2018 yilda telefon raqamlari yana ikkitaga uzayadi. Endilikda avval terilmagan hudud kodi teriladi, bu bilan shaharlararo raqamlarni terish jarayoni soddalashadi.

"7 belgiligi raqamlardan 9 belgili raqamlarga o`tish - davr talabi. Bu mobil aloqa operatorlarining raqamlar zaxirasi deyarli tugagani, aloqa xizmatlariga bo`lgan talab esa kundan-kunga ortib borayotgani bilan izohlanadi", deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, yuqorida keltirilgan hujjatga muvofiq bir necha yil avval tezkor xizmatlarning telefon raqamlari soni ham o`zgargan edi.

    Boshqa yangiliklar