«Bilayn» kompaniyasi 2018 yil 1 fevraldan boshlab, kunlik abonent to`lovi bo`yicha avval e`lon qilingan o`zgarishlar bekor qilinganini ma`lum qildi.
E`londa qayd etilishicha, «Bilayn» tarif rejalari o`z holatida qoladi. Shuningdek, kompaniya yuqori sifatli xizmatlarni taqdim etishga intilishi, ammo hozirda bonuslardan to`liq foydalanish qiyin bo`layotganini bildirgan, shu munosabat bilan, narxlar qaytadan ko`rib chiqilishi rejalashtirilgan. Shunday qilib, O`zbekistonning barcha hududlarida davom etadigan tarmoqni kengaytirish ishlarining navbatdagi bosqichi tugagunga qadar, abonent to`lovi o`zgarishsiz qoldirilgan.






