AsosiyJamiyat

MXXning yangi raisi Ixtiyor Abdullaev haqida nimalarni bilamiz

'MXXning yangi raisi Ixtiyor Abdullaev haqida nimalarni bilamiz 'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, Shavkat Mirziyoev Ixtiyor Abdullaevni MXXga rahbar qilib tayinladi.

Ixtiyor Abdullaev 1966 yilning 22 may kuni Farg`ona viloyati Uchko`prik tumanida, ziyoli oilada tavallud topgan.

1985 yildan to 1990 yilga qadar Permdagi Huqushunoslik universitetida tahsil olgan.

Ixtiyor Abdullaev mehnat faoliyatini sud ijrochisi lavozimida boshlagan.

U 1988-1990 yillarda Farg`ona shaharda sud ijrochisi lavozimida ishlagan.

1990-1993-yillarda esa Farg`ona viloyati adliya boshqarmasida ishlagan.

1993-1995-yillarda jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona shahar sudi sudyasi, raisi vazifasini bajaruvchi, so`ngra, esa Jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona viloyat sudi sudyasi hamda Sudlov hay`ati raisi lavozimida faoliyat olib borgan.

Ixtiyor Abdullaev 1997 yildan boshlab uch yil davomida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida va keyinchalik, bir yil muddatga Jinoyat ishlari bo`yicha Andijon viloyat sudi raisi etib tayinlangan.

Ixtiyor Abdullaev faoliyati davomida Prezidentning Davlat maslahatchisi o`rinbosari, Adliya vazirining birinchi o`rinbosari lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.

MXXning yangi rahbari O`zbekiston Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktori lavozimida esa uch yil muddat, ya`ni 2009 yilgacha ishlagan.

Keyin yana Prezident devoniga Davlat maslahatchisi bo`lib qaytarilgan Ixtiyor Abdullaev, 2015 yil O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga tayinlangan.

Ixtiyor Abdullaev uchun yangi sinov davri boshlandi, sababi u 31 yanvar kuni, bugun Shavkat Mirziyoev tomonidan MXX raisi lavozimiga tayinlandi.

Ikkinchi darajali davlat adliya maslahatchisi bo`lgan Ixtiyor Abdullaev bu sohada ham o`z salohiyatini namoyish qila olishi aniq, sababi bir necha yillar davomida huquq tartibot idoralarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan MXX raisi, bu borada o`ziga xos tajriba orttira olgan.

Yana shuni qo`shimcha qilish kerakki, Ixtiyor Abdullaev O`zbekiston kurash federasiyasi prezidenti ham hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar