AsosiyDunyo

Miyasining o`ng yarim shari bo`lmagan odam miyasining chap yarmi bo`lmagan odam bilan do`stlashdi

'Miyasining o`ng yarim shari bo`lmagan odam  miyasining chap yarmi bo`lmagan odam bilan do`stlashdi'ning rasmi

Miyasining yarmini yo`qotgan britaniyalik va avstraliyalik yigitlar do`st bo`lib qolishdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

24 yoshli Lyuis Unwin (Buyuk Britaniya) va 20 yoshli Aaron Payne (Avstraliya) gemisferocetomiya ( miya yarim sharlaridan birining olib tashlanishi) operasiyasini boshdan kechirishdi.

Ular bir necha yil ilgari Internetda tanishishgan edi. Yaqinda Luis oilasi bilan Avstraliyaga ilk marotaba tashrif buyurdi va Aaron yashaydigan fermer xo`jaligida bir hafta mehmon bo`ldi.Yoshligida Aaron og`ir epilepsiya kasalligiga chalingan edi. U yiqilib tushganda boshini himoya qilish uchun doimo dubulg`a kiyib yurishga majbur edi. Miyasining chap yarim shari olib tashlanganidan so`ng, tutqanoqlar soni kamaydi, ammo o`ng ko`zi ko`rmay qoldi. Bundan tashqari, tananing to`liq yarmi zaiflashdi. Shunga qaramay, u gemisferosetomiyaga rozi bo`lganiga pushaymon emas.

Lyuis miyaning o`ng yarim sharini operasiya qildirganidan olti yil o`tgach, hattoki poyabzalini bog`lolmaydigan darajaga etdi. Shunga qaramay, u Aarondan farqli ravishda bemalol kitob o`qiydi.

Ilk marotaba uchrashgadayoq Aaron va Lyuis qiziqishlari, dunyoqarashlari bir xilligini anglashdi.

    Boshqa yangiliklar