Italiyada dangasa pochtachi fosh qilindi. Pochtachi 7 yil davomida o`z majburiyatlarini bajarmagan. Bu haqda News.day.az nashri xabar beradi.
Italiyaning Vichensa shahri polisiyasi pochtachining uyida 573 kilogramlli bir dunyo xatlarni topgan. Barcha maktublar 25 ta qutiga joylashdi.
Keyinroq aniqlanishicha, 56 yoshli pochtachi o`z garajida yarim tonna manziliga etib bormagan jo`natmalarni saqlagan ekan. Ular bank hisobotlari, bukletlar, jurnallar, ma`lumotnomalar va xatlar bo`lgan.
Jo`natmalar manzillariga etkazilishi va`da qilinmoqda. Pochtachiga nisbatan qonuniy chora ko`riladi.






