Bryusselda o`tkazilgan press-konferensiyada NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg hamda BMTning qochoqlar ishlari bo`yicha maxsus elchisi Anjelina Joli joylardagi qurolli to`qnashuvlar paytida asir olingan ayollarga nisbatan zo`ravonlikni bartaraf etish masalasida hamkorlikni muhokama etishdi, deb xabarbermoqda News.day.az nashri.
Hamkorlik qurolli to`qnashuvlar paytida qo`lga olingan ayollarga nisbatan zo`ravonlik ishlatgan jangarilar izidan tushish borasidagi masalalar bo`yicha o`tkazildi.
Anjelina Jolining aytishicha, tenghuquqliliksiz va ayollar ishtirokisiz tinchlik va xavfsizlikka erishib bo`lmaydi.






