Qoraqalpog`iston Respublikasi Taxtako`pir tumanida Farg`ona viloyatidan kelgan 130 dan ortiq fermer zaxira er maydonlarini olib, fermerlik va tadbirkorlik ishlarini yo`lga qo`ymoqda.
Joriy yil boshidan buyon farg`onalik fermerlar tomonidan 90 loyiha tayyorlanib, shundan 60 loyihaga 5 ming 45 gektar er maydoni ajratildi. Bu maydonlarda paxtachilik, g`allachilik, bog`dorchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklari tashkil etish rejalashtirilgan, deb yozadi O`zA.
Hozirgi kunda Farg`ona viloyati va Taxtako`pir tumani hokimliklari tomonidan loyihalar tayyorlanib, er konturlari bo`yicha o`rganish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, suv yo`llari, bo`sh turgan binolardan samarali foydalanish, issiqxonalar tashkil etish, bog` yaratish, ko`p tarmoqli tadbirkorlik ishlarini yo`lga qo`yish bo`yicha berilgan har bir taklif chuqur o`rganib chiqilmoqda.
01.02.2018 06:56
Farg`onalik fermerlar Qoraqalpog`istonda o`z tadbirkorlik ishlarini yo`lga qo`ymoqda






