Joriy yilda poytaxtda 181 ta ko`p qavatli uy qurilishi ko`zda tutilmoqda. Bu haqda 2012-2017 yillarda Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy natijalari hamda 2018 yil reja ko`rsatkichlarida qayd etilgan, deb ma`lum qildi O`zA.
2012-2017 yillarda Toshkent shahrida 182 ta ko`p qavatli uy bunyod etilgan bo`lib, o`tgan yilning oxiriga kelib bu turdagi uylarning soni 9 ming 592 taga etgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, 2018 yilda xonadonlar soni o`tgan yildagidan 9 ming 82 taga ko`payib, 449 ming 562 taga etadi.






