AsosiyJamiyat

Jizzaxlik o`t o`chiruvchilar yonayotgan xonadon ichidan 19 yoshli qizni qutqarib qoldi

'Jizzaxlik o`t o`chiruvchilar yonayotgan xonadon ichidan 19 yoshli qizni qutqarib qoldi'ning rasmi

31 yanvar kuni soat 12:27 da Jizzax viloyati IIB Yong`in xavfsizligi boshqarmasi markaziy dispetcherlik xizmatiga yong`in haqida xabar kelib tushdi, deb xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati.

Shundan so`ng yong`in joyiga Jizzax shahar Yong`in xavfsizligi bo`limi 1-harbiylashtirilgan yong`in xavfsizligi qismining 2 ta bo`linmasi yuborildi.

«Yong`in yuz bergan Jizzax shahar A.Navoiy mahallasi «Abdujabborov» ko`chasi 2-uy darvozasi qulflangan edi. Smena boshlig`i leytenant Shoir Fayziev xolis guvohlar ishtirokida darvozani ochishga ko`rsatma berdi. O`t o`chiruvchilar tutun bilan qoplangan xonaga kirganida shu uyda yashovchi 1999 yilda tug`ilgan fuqaro D.Husanova hushsiz yotgan edi. Kichik serjant Husniddin G`apporov va safdor Adham Jo`raevlar tezda qizni tashqariga olib chiqdi. O`z vaqtida tibbiy yordam ko`rsatilishi oqibatida qizning hayoti saqlab qolindi», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, brigada qisqa muddatda yong`inni bartaraf etgan. Yong`in natijasida xonadonning 25 kvadrat metr maydoni va uy jihozlari zarar ko`rgan.

    Boshqa yangiliklar