AsosiyMadaniyat

"Sabot" filmi Moskva xalqaro kinofestivalida namoyish etiladi

'"Sabot" filmi Moskva xalqaro kinofestivalida namoyish etiladi'ning rasmi

Joriy yilning 19-26 aprel kunlari dunyoning nufuzli kinofestivallaridan biri hisoblangan Moskva xalqaro kinofestivali bo`lib o`tadi. “A” kategoriyadagi ushbu festivalda mamlakatimiz kinoijodkorlarining “Sabot” badiiy filmi namoyish etiladi.

Rejissyor Rashid Malikov tomonidan suratga olingan ushbu to`liq metrajli film Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan ko`plab xorijiy festivallarga taqdim etilgan.

“O`zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga asosan suratga olingan “Sabot” filmida O`zbekiston mustaqillikni qo`lga kiritish arafasidagi davr – 1980-yillar voqealari tasvirlangan, qoraqalpog`istonlik sobiq baynalmilal jangchining xotiralari, o`y-xayollari, kechinmalari haqida hikoya qilinadi. Bosh rollarni aktyorlar Karim Mirxodiev, Seydulla Moldaxanov, Behzod Hamroev, Nigora Karimboeva, Zulxumor Mo`minova ijro etgan.


    Boshqa yangiliklar