1

“Sevol” halokati qurbonlari soni 181 nafarga etdi

Dunyo 25.04.2014, 13:04
 “Sevol” halokati qurbonlari soni 181 nafarga etdi

Janubiy Koreyalik qutqaruvchilar “Sevol” kemasining cho`kishi oqibatida halok bo`lgan yana 6 kishining jasadini olib chiqishdi.  Umumiy hisobda 181 nafar yo`lovchining jasadi topilgan, deya xabar beradi Korea Herald nashri.

Qidiruv ishlarining 10-kuniga kelib 121 nafar yo`lovchining taqdiri noma`lumligicha qolmoqda.

Qidiruv-qutqaruv ishlarida 726 kishi, 261 ta kema va 35 ta aviasion texnika qatnashmoqda.

Payshanba kuni Janubiy Koreya maktablarida  kema halokati qurbonlarini xotiralash marosimlari bo`lib o`tdi.  Halok bo`lgan o`quvchilar suratlari maktab devorlariga osib qo`yildi. Shuningdek,  payshanba kuni kechasi “Sevol” yo`lovchilarning o`nlab qarindoshlari Janubiy Koreya baliqchilik va dengiz ishlari bo`yicha vazirligi hamda ikki nafar yuqori lavozimdagi siyosatchilardan qidiruv ishlarini tezlashtirishni talab qilishgan.

  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1