AsosiyJamiyat

Xorazmlik hokimlar Andijon tajribasini o`rganishmoqda

'Xorazmlik hokimlar Andijon tajribasini o`rganishmoqda'ning rasmi

Xorazm viloyati tumanlari hokimlari va o`rinbosarlaridan iborat guruh Andijon viloyatiga keldi, deb xabar bermoqda “Xalq so`zi” gazetasi.

Xo`jaobod, Oltinko`l, Asaka tumanlaridagi “Ruxsor agro gold”, “Nil granit”, “Navigul”, “Baxt imkon rivoji”, “Obod turmush orzusi” mas`uliyat cheklangan jamiyatlari, agrofirmalar va fermer xo`jaliklaridagi qishloq xo`jalik mahsulotlarini etishtirish, qayta ishlash, eksport qilish, to`qimachilik va chorvachilikni shakllantirish bo`yicha to`plangan boy tajribalar mehmonlarda katta qiziqish uyg`otdi.

— Bu erda ko`rganlarimiz kelgusi faoliyatimizni shakllantirishga xizmat qiladi, — deydi Shovot tumani hokimi Hakimjon Otaxonov. —Masalan, andijonliklarning to`qimachilik va meva-sabzavotni qayta ishlash tajribalarini o`zim rahbarlik qilayotgan tuman miqyosida ommalashtirish niyatidaman.

    Boshqa yangiliklar