AsosiyJamiyat

Monopoliyaga qarshi ilk qadam. Oliy Majlis deputatlari hukumatga Avtotest masalasi bo`yicha so`rov kiritadi

'Monopoliyaga qarshi ilk qadam. Oliy Majlis deputatlari hukumatga Avtotest masalasi bo`yicha so`rov kiritadi'ning rasmi

Oliy Majlis Qonuchilik palatasi deputatlari guruhi Vazirlar Mahkamasiga so`rov tayyorlamoqda. U har ikki yilda yuridik shaxslarning haydovchilari malakasini oshirish borasida o`tgan yil sentyabr oyida qabul qilingan qaror yuzasidan kiritiladi. Bu haqda, O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi a`zosi Rasul Kusherbaevga asoslanib, "Daryo" nashri xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, joriy yildan boshlab yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalari haydovchilari ikki yilda bir marta malaka oshirishdan o`tishi lozim. Malaka oshirish faqat Avtotest o`quv komplekslari negizida o`tkaziladi. 1 iyuldan yuridik shaxs haydovchisida Avtotest kursidan o`tganlik haqida sertifikat yo`qligi uchun ma`muriy javobgarlik joriy etiladi. O`zgartish yo`l harakati qoidalariga ham kiritildi.

Hukumatning bu qarori jamoatchilik orasida qizg`in bahslarni keltirib chiqardi. Hujjat qabul qilinishidan oldin uning ochiq muhokama qilinmagani, har ikki yilda malaka oshirish talabaning qay darajada to`g`riligi, asosiysi — malaka oshirishni tashkil etish huquqi bitta-yagona hususiy kompaniyaga tashkil etilgani e`tirozlarga sabab bo`ldi.

O`z vaqtida bu qaror jiddiy o`rganib chiqilishi lozimligini Savdo-sanoat palatasi vakillari aytib o`tgan edi. Rasul Kusherbaevning so`zlariga qaraganda, deputatlar ham bunday qaror qabul qilinganidan hayron qolgan:

«Nega bunday huquq bitta yuridik shaxsga taqdim etildi, axir bu bilan ochiqchasiga sun`iy monopoliya tashkil etilmoqda? Nega sertifikat faqat ikki yil amal qiladi? Bizda yo`l harakati qoidalari shunchalik tez o`zgaradimi?»

«Alohida tadbirkorlik sub`ektlariga imtiyoz va preferensiyalar taqdim etishni to`xtatish haqida mamlakat Prezidenti gapiryapti. Ammo bu erda biz teskari yo`nalishdagi harakatni ko`ryapmiz», — dedi deputat.

So`rov kiritish taklifini deputat Qodir Jo`raev ilgari surdi. Uni bir qator boshqa deputatlar qo`llab-quvvatlagani bois deputat so`rovi tayyorlashga qaror qilindi.

Kusherbaevning ta`kidlashicha, ayni paytda jahon tajribasi o`rganilmoqda hamda qabul qilingan qarorning muqobil echimlari qidirilmoqda.

Deputatlar har oy o`n kunga mintaqalarga fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o`rganishga boradi. Rasul Kusherbaevning so`zlariga qaraganda, haydovchilar, tadbirkorlar va mutaxassislar ko`rsatilgan masalada ko`p norozilik bildirmoqda.

Deputat, shuningdek, ko`p hollarda yuridik shaxslar haydovchilari YTH ishtirokchilari bo`layotgani haqidagi argument o`rganib chiqildi. Bu ma`lumot haqiqatga mos kelmasligi aniqlandi.

Deputatlik so`rovi kiritilganidan so`ng hukumat o`n kun ichida asosli javob berishi talab etiladi.

    Boshqa yangiliklar